JavaScript vazifalari, misollari, masalalari, topshiriqlari
Foydalanuvchidan yoshni so’raydigan dasturni tuzing. Yosh 50 dan y uqori bo’lsa, dastur “Siz kattasiz” deb chiqarib berishi kerak. Yosh 50 dan past bo’lsa “Siz yoshsiz” deb chiqarib berishi kerak.
Somsani narxini so’raydigan dastur. Narx 3000 dan yuqori bo’lsa - dastur “qimmat” deb chiqarib bersin. 3000 dan arzon bo’lsa - “arzon” deb chiqarib bersin.
Parolni tekshiradigan dastur. Foydalanuvchi “sarimsoqpiyoz” parolini kiritgan bo’lsa, u bilan salomlashing.
Parolni tekshiradigan dastur. Foydalanuvchi “sarimsoqpiyoz” parolini kiritgan bo’lsa, u bilan salomlashing. Boshqa narsa kiritgan bo’lsa - unga “Xato!” deb yozing.
Foydalanuvchi yoshini kiritish kerak. Yoshi 0 dan 30 gacha bo’lsa, unga “yoshsiz” deb yozing. Yoshi 30 dan 60 gacha bo’lsa, unga “kattasiz” deb yozing. Yoshi 60 dan yuqori bo’lsa, unga siz qarisiz deb yozing.
Foydalanuvchidan ismini so’rang. Ismi “Ali” bo’lsa, unga “Salom og’a” deb yozing. Ismi “Ahmad” bo’lsa, unga “Ko’rinmayapsan dostim, nima qilyapsan?” deb yozing.
Foydalanuvchidan oyligini so’rang. Va soliq bilan yoki soliqsiz hisoblash kerakligini so’rang. So’ng yillik topadigan pulini hisoblab bering (soliq bilan yoki soliqsin).
Foydalanuvchidan oyligini so’rang. Va soliq bilan yoki soliqsiz hisoblash kerakligini so’rang. So’ng yillik YIG’ADIGAN pulini hisoblab bering (soliq bilan yoki soliqsin). Foydalanuvchi topgan pulidan 90% sarflaydi - shuni inobatga oling.
Dollarni so’mga va so’mni dollarga o’giradigan dasturni tuzing.
Foydalanuvchi pulni kiritishi kerak bo’ladi, <select>
orqali pul jinsini tanlash kerak bo’ladi,
va “o’girish” tugmasini bosishi kerak bo’ladi.
Oshxonani menyusini tuzing. Foydalanuvchi “somsa” deb kiritsa - unga “3000” deb yozing.
“palov” deb kiritsa “15000” deb yozing. “gumma” - “2000”. Bitta <select>
dan foydalaning.
Oshxonani menyusini tuzing. Foydalanuvchi “somsa” deb kiritsa - unga “3000” deb yozing.
“palov” deb kiritsa “15000” deb yozing. “gumma” - “2000”. Uchta <select>
dan foydalaning.
Va tanlangan taomlarni umumiy narxini hisoblab bering.
Huddi yuqoridagi dastur, lekin umumiy narxga yana xizmatga 10% qo’shiladi.
Qo’yliqqa, Chorsuga va Oloy bozorga boradigan avtobuslarni chiqaradigan dasturni tuzing. Foydalanuvchi Qo’yliqni tanlasa 7, 93 deb chiqaring. Chorsu - 3, 54, 12. Oloy - 434, 5545, 11111.
Topishmoqlar dasturini tuzing. Foydalanuvchiga 5 topishmoq bering. Barchasiga javob bersa - unga baxo 5 berasiz. 4 javob bersa - baxo 4.
Narxlar: Somsa: 3000 Palov: 15000 Sarimsoq kg: 12000
Foydalanuvchi unda bor pulini kiritsin. Va molni tanlasin. Puli yetsa - “sotib oldingiz” deb chiqaring. Puli yetmasa - “uzr, pul yetmadi” deb yozing.
Internet do’kon tuzing. 10 ta mol bo’lsin (10 ta checkbox). Har bittasini sotib olsa bo’ladi. Va qariyalarga 10% chegirma beriladi (checkboxda “men qariman” ni bosib qo’yadi). Hamda kamida 5 ta mol sotib olgan odamga 15% chegirma beriladi.
Huddi yuqoridagi vazifa, lekin foydalanuvchida faqatgina 30 000 ming so’m bor. Puli yetsa - tanlagan mollarni sotib oladi. Puli yetmasa - xatolik xabarini ko’radi.
Huddi yuqoridagi vazifa, lekin foydalanuvchi sotib olgan mollarni qaytara oladi, va unga pulini qaytarib berishadi.
Huddi yoqoridagi vazifa. Lekin foydalanuvchi kamida 10 ming sarflagan bo’lsa, unga “ishbilarmon” unvon beriladi. Kamida 20 ming sarflagan bo’lsa - unga “boyvotcha” unvoni beriladi. 30 ming sarflagan bo’lsa unga “sulton” unvoni beriladi. Unvonni foydalanuvchiga ko’rsatish kerak.