JavaScript vazifalari, misollari, masalalari, topshiriqlari
Foydalanuvhi bilan salomlashadigan funksiyani tuzing.
Misol:
function salomlashish(ism) {
// ...
// ...
}
salomlashish('Ali');
Yillik maoshni (soliqni ayirib tashlash kerak) hisoblab beradigan funksiyani tuzing. Natijani alert qilib chiqarib berish kerak.
function hisoblash(oylik) {
// ...
// ...
}
hisoblash(900000);
Ikkita sonni ko’paytiradigan funksiyani tuzing. Natijani alert qilib chiqarib berish kerak.
function kopaytirish(x, y) {
// ...
// ...
}
kopaytirish(4, 5);
Dollarni so’mga aylantiradigan dasturni tuzing. Funksiyadan va inputlardan foydalanish shart. Prompt va alert kerak emas.
Funksiyadan foydalanish misoli:
somga(9500);
Som’ni dollarga aylantiradigan dasturni tuzing. Inputlardan va funksiyadan foydalanish shart. Propmt va alert kerak emas.
Foydalanuvchidan joriy yilni so’rang. So’ng joriy oyni so’rang. So’ng joriy kunni so’rang. Keyin esa 1970 yildan nechi kun o’tganini hisoblab bering. Funksiyadan foydalanishingiz shart. Propmt va alert kerak emas.
Funksidan foydalanish misoli:
hisob(2018, 11, 29);
Foydalanuvchidan moshinaning tezligini va safar muddatini so’rang. So’ng shu safarda moshina nechi kilometrni bosib otishini hisoblab bering. Funksiyadan va inputlardan foydalanish shart. Propmt va alert kerak emas.